Ronaldu o‘zining yubiley o‘yinida xet-trik amalga oshirdi
Olam
−
15 mart 2021
11130"Yuventus" Italiya chempionatining 27-turi doirasida o‘z uyida "Kalyari"ni qabul qildi.
Tanaffusga qadar "Keksa sinora" hujumchisi Krishtianu Ronaldu xet-trik amalga oshirdi.
Ronaldu hisobni o‘yinning 10-daqiqasida ochdi, shuningdek, 25-daqiqada penaltidan gol urdi.
32-daqiqada esa portugaliyalik xet-trik qayd etdi.
O‘yin portugaliyalik uchun yuqori divizionlardagi yubiley 600-uchrashuv bo‘ldi.
U "Real Madrid" tarkibida 292 ta uchrashuv (311 gol), "Manchester Yunayted" tarkibida 196 ta uchrashuv (84 gol), "Yuventus" tarkibida 87 ta uchrashuv (75 gol), "Sporting" safida 25 ta uchrashuv (3 gol) o‘tkazgan.
Ma’lumot o‘rnida, "Kalyari" - "Yuventus" uchrashuvi 1:3 hisobida yakunlandi.
LiveBarchasi