Ronaldu o‘z rekordlarini yangilashda davom etmoqda

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu futbolchilik faoliyatida 15 marta chempionatda bir mavsumda 20 dan ortiq gol urdi. Bu haqda “BBC Sport” xabar berdi.

4 aprel “Al-Nasr” Saudiya Pro-liganing 26-turida mehmonda “Al-Hilol”ni mag‘lub etdi (3:1). Portugaliyalik forvard bahsda ikkita gol urdi.

Futbolchilik faoliyati davomida Ronaldu klublar miqyosida 795 ta, Portugaliya terma jamoasi safida esa 136 ta gol urgan. Umumiy hisobda 40 yoshli forvard hisobida 931 ta gol mavjud.

Ronaldu joriy mavsumda “Al-Nasr” safida barcha turnirlar doirasida 33 ta o‘yin o‘tkazib, 28 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining amaldagi klubi bilan amaldagi shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. “Transfermarkt” internet portalida berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchining bozor narxi 12 million yevroni tashkil qiladi.

12 aprel kuni “Al-Nasr” Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsum 27-turi doirasida “Ar-Riyod”ga qarshi bahs olib boradi. Ortda qolgan 26 ta turdan keyin Ronaldu jamoasi 54 ochko bilan turnir jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. 2-o‘rinni band etgan “Al-Hilol” hisobida 57, peshqadam “Al-Ittihod”da esa 61 ochko mavjud. Chempionat yakunlanishiga 8 ta tur qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing