Ronaldu o‘z rekordini yaxshilab oldi
Sport
−
26 noyabr 2024
3926“Al-Nasr”ning portugaliyalik hujumchisi Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar ligasi (OCHL) 5-turida “Al-G‘arafa”ga qarshi o‘yinda (3:1) dubl qayd etib, o‘ziga tegishli rekordni yangiladi.
39 yoshli futbolchi rasmiy o‘yindagi gollari sonini 913 taga yetkazdi. Qatar klubiga qarshi o‘yingacha Krishtianu hisobida 911 ta gol mavjud edi.
“Bu oqshom katta g‘alaba!” deb yozdi Ronaldu o‘z sahifasida.
O‘tkazilgan beshta o‘yindan so‘ng “Al-Nasr” 13 ochko bilan Osiyo Chempionlar ligasi turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. “Al-G‘arafa” esa 4 ochko bilan 7-o‘rinni band etgan. Yana bir Saudiya klubi “Al-Ahli” esa 15 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Bugun yana bir qator klublar musobaqaning 5-turi doirasida o‘z o‘yinini o‘tkazadi.
LiveBarchasi