Ronaldu to‘yiga Messini taklif qildi – manba
Sport
−
20:29 600 1 daqiqa
Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu bo‘lajak turmush o‘rtog‘i Jorjina Rodriges bilan bo‘ladigan to‘yiga uzoq yillik raqibi Lionel Messini ham taklif qildi. Bu haqda jurnalist Esegbona Luis ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, marosimga shuningdek Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar va Ronaldu bilan yaqin do‘stona munosabatlarga ega bo‘lgan UFC’ning sobiq chempioni Xabib Nurmagomedov ham taklif etilgan.
“The Sun” nashrining yozishicha, to‘y joriy yilning 8 avgust kuni Portugaliyaning Madeyra orolida bo‘lib o‘tadi. Nikoh marosimi Funshal soborida tashkil etiladi, shundan so‘ng mehmonlar besh yulduzli mehmonxonadagi tantanali qabulga yo‘l oladi.
Xabarda aytilishicha, tadbir munosabati bilan mehmonxonaning ikki qavati hamda bir nechta bar hududlari ikki kun faqat to‘y mehmonlari uchun ajratiladi.
Ma’lumot uchun, Krishtianu Ronaldu va Jorjina Rodriges 2016 yildan buyon birga hayot kechirib kelmoqda. Ular 5 nafar farzandni – Krishtianu Junior, Yeva va Mateo hamda qizi Alana Martina va Bella Esmeraldani tarbiyalab kelmoqda. Juftlik 2025 yil avgustida munosabatlarini rasman fotiha bilan mustahkamlagan edi.
Live
Barchasi