Ronaldu to‘ydan keyingi ilk golini urdi
Sport
−
09:05 603 1 daqiqa
Kecha, 21 avgust kuni Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi mahalliy chempionat doirasida “Ar-Riyod”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026-2027 yilgi mavsumdagi ilk golini urdi.
41 yoshli portugaliyalik futbolchi “Ar-Riyod”ga qarshi uchrashuvda jamoasining uchinchi golini urdi va “Al-Nasr”ning 4:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Uchrashuv Saudiya Arabistoni Premer-ligasining yangi mavsumi ikkinchi turi doirasida bo‘lib o‘tdi. Ronaldu ushbu goli orqali faoliyatidagi 977-golini urdi.
Ma’lumot uchun, Ronaldu 2022 yil dekabr oyidan buyon “Al-Nasr” safida to‘p surib kelmoqda. 2002-2003 yilgi mavsum professional futbolda debyut qilgan Krishtianu uchun 2026-2027 mavsumi uning professional futboldagi 25-mavsumi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 11 avgust kuni Ronaldu Jorjina Rodrigesga uylangani haqida xabar berilgan edi. Futbolchi Rodriges bilan 2016 yildan buyon munosabatda bo‘lib keladi. Juftlikning ikki nafar farzandi bor.
Live
Barchasi