Ronaldu Toshkentga keladimi yoki Qashqadaryoga?

Sport

image

Bugun, 24 avgust kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining (OCHL) guruh bosqichiga qur’a tashlanadi.

Bu yilgi OCHLda O‘zbekiston sharafini 4 ta klub himoya qiladi. Musobaqaning yangi mavsumida 40 ta jamoa ishtirok etadi. O‘zbekiston jamoalari g‘arbiy mintaqada asosan arab klublariga qarshi bahs olib boradi.

Amaldagi O‘zbekiston chempioni “Paxtakor” musobaqaning 1-savatchasidan joy olgan. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, Paxtakor Krishtianu Ronaldu to‘p tepadigan “Al-Nasr” bilan bir guruhdan joy olishi mumkin. “Al-Hilol” va “Al-Ittihod” ham 1-savatdan joy olgani bois mazkur klublar “sherlar” bilan bir guruhga tushmaydi.

2-savatchadan joy olgan Qarshining “Nasaf” klubi esa Neymar to‘p tepadigan “Al-Hilol”, Benzema va Kantesi bor “Al-Ittihod”, shuningdek “Al-Nasr” bilan ham bir guruhdan joy olishi ehtimoli bor. O‘z navbatida 4-savatchadagi OKMK va “Navbahor” jamoalari ham guruh bosqichida “Al-Ittihod”, “Al-Nasr” va “Al-Hilol” bilan to‘qnash kelishi mumkin.

Bitta savatchadagi jamoalar va bitta mamlakat klublari guruh bosqichida to‘qnash kelmaydi. Qur’a tashlash marosimi bugun Toshkent vaqti bilan soat 13:00 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Paxtakor Nasaf Krishtianu Ronaldu Osiyo Chempionlar ligasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing