Ronaldu tarixdagi eng zo‘rlaridan biri – De Xea

Sport

image

“Manchester United” darvozaboni David De Xea jamoadoshi Krishtianu Ronalduni tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri deb bilishini ma’lum qildi. Bu haqda “Manchester Yunayted” klubi matbuot xizmati xabar berdi.

"Ronaldu juda zo‘r futbolchi. Uning ish uslubi ham qanday darajadagi o‘yinchi ekanligini ko‘rsatadi. Ronaldu doim tanasiga kuchli yuklamalar oladi. U har bir uchrashuvga, har bir mashg‘ulotga bor e’tiborini qaratadi. Shuning uchun u tarixdagi eng yaxshi futbolchilardan biri hisoblanadi. U ruhiy jihatdan juda kuchli va o‘ziga to‘g‘ri baho bera oladi”, degan “Manchester Yunayted” darvozaboni.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Ronaldu Angliya Premer ligasida 29 ta o‘yinda maydonga tushib, 18 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Shuningdek, portugaliyalik iqtidor egasi UEFA Chempionlar ligasining 7 ta o‘yinida 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.

Ma’ruf Abdumalikov

 

 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing