Ronaldu sobiq jamoadoshining salomini aliksiz qoldirdi
Sport
−
01 noyabr 2022
3322“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Angliya chempionatining 14-turi doirasida “Vest Xem”ga qarshi o‘yin oldidan sobiq jamoadoshi Gari Nevill bilan salomlashmadi. Bu haqda "SPORTbible" nashri xabar berdi.
Besh karra “Oltin to‘p” sohibi "Tottenxem"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushishdan bosh tortgani uchun o‘tgan hafta APLda "Chelsi"ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritilmagandi. O‘sha o‘yindan so‘ng Nevill "Manchester Yunayted" qishki transfer oynasida 37 yoshli portugaliyalikni sotishi kerakligini aytdi.
"Vest Xem"ga qarshi o‘yin oldidan tayyorgarlik paytida Ronaldu "qizil iblislar"ning sobiq futbolchisi Lui Saa va Angliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Jeymi Rednapp bilan salomlashdi, biroq, Nevill bilan salomlashmay o‘tib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu payshanba, 27 oktyabr kuni Yevropa Ligasi doirasida "Sherif"ga qarshi o‘yinda (3:0) gol urgandi.
Shaxzod Shukurov
LiveBarchasi