Ronaldu shu paytgacha bir tomchi spirtli ichimlik ichmagan – uning opasi
Sport
−
23 iyun 2023 14656 1 daqiqa
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduning opasi futbolchi umuman spirtli ichimliklar ichmasligini ma’lum qildi.
“U kimningdir soyasi bo‘lishni istamadi. Krishtianu spirtli ichimliklarga qaram bo‘lgan otamizga o‘xshamaydi. U shu paytgacha bir tomchi spirtli ichimlik ichmagan. Ronaldu futbolda eng yuqori cho‘qqiga chiqishni xohlardi. U barcha muvaffaqiyatsizliklarga qaramay g‘olib inson”, deydi Katya Aveyru.
Eslatib o‘tamiz, 20 iyun kuni Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. U Yevro-2024 saralashi, “J” guruhining 3-tur bahslarida Portugaliya safida Islandiyaga qarshi maydonga tushdi va 90-daqiqada jamoasi uchun g‘alaba golini kiritdi.