Ronaldu Saudiyani tark etish niyatida emas – Romano

Sport

image

Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu yaqin vaqt ichida Saudiya Arabistonini tark etish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.  

Joriy yilning fevral oyi boshida portugaliyalik futbolchi klub rahbariyati bilan kelishmovchilik sabab, bir o‘yinda maydonga tushishdan bosh tortgandi. Boykotdan so‘ng u ketma-ket ikki uchrashuvda gol urib, yana o‘zining yuqori sport formasini namoyish etdi.

“Men Saudiya Arabistonidaman. Bu yerda qolishni istayman. Bu mamlakat meni, oilamni va do‘stlarimni iliq kutib oldi. Men bu yerda baxtliman va faoliyatimni shu yerda davom ettirmoqchiman”, deya Ronalduning so‘zlarini keltiradi Fabritsio Romano.

Ma’lumot uchun, besh karra “Oltin to‘p” sovrindori Ronaldu 2023 yildan buyon “Al-Nasr” safida to‘p surib kelmoqda va shu vaqtga qadar 129 ta uchrashuvda 114 ta gol muallifiga aylangan.


Maqola muallifi

Teglar

Saudiya Arabistoni Krishtianu Ronaldu Fabritsio Romano

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing