Ronaldu Saudiyada Messidan ikki baravar ko‘p maosh oladi

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubi safida Amerikaning “Inter Mayami”ning argentinalik hujumchisi Lionel Messidan ikki baravar ko‘p maosh oladi. Bu haqda “Forbes” jurnali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 39 yoshli Ronaldu Saudiya Arabistonida yiliga 285 million dollar maosh oladi, Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi Messi esa 135 million dollar maoshga egalik qiladi.

Ronaldu 2023 yilning qishida “Manchester Yunayted”dan “Al-Nasr” klubiga o‘tdi. U faoliyati davomida “Yuventus”, “Real” va Lissabonning “Sporting” klublarida o‘ynagan.

Messi 2023 yilning yozidan buyon “Inter Mayami”da o‘ynamoqda. Argentinalik hujumchi erkin agent sifatida Amerika klubiga o‘tdi. Bungacha u PSJ va “Barselona”da o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Lionel Messi terma jamoa safidagi xet-triklar soni bo‘yicha Krishtianu Ronalduga yetib olgani xabar qilingandi.

Hozirda har ikki futbolchi hisobida terma safida kiritilgan 10 tadan xet-trik mavjud.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing