Ronaldu “Real” prezidentiga murojaat qildi
Sport
−
12:44 1225 1 daqiqa
Krishtianu Ronaldu “Real Madrid” klubi prezidenti Florentino Peresga o‘g‘lining yoshlar jamoasida mashg‘ulot o‘tkazishiga ruxsat berishni so‘rab murojaat qildi. Bu haqda “Madrid Xtra” nashri xabar berdi.
Manbaning xabar berishicha, portugaliyalik futbolchining 15 yoshli o‘g‘li Krishtianu Ronaldu Junior hozirda “Real Madrid”ning 16 yoshgacha bo‘lganlar jamoasi bilan birga shug‘ullanmoqda. Biroq, hozircha to‘liq ko‘rikdan o‘tkazish yoki rasmiy kelishuv imzolash masalasi ko‘rib chiqilmayapti.
Manbalarga ko‘ra, ushbu mashg‘ulotlar yosh futbolchining o‘yin saviyasi va jismoniy tayyorgarligini saqlab turish uchun vaqtinchalik choradir. Shuningdek, “Real Madrid” uni tarkibiga qo‘shib olishni hozircha rejalashtirmayapti.
Ma’lum qilinishicha, Ronaldu Juniorning Ispaniyada bo‘lishi uning ayni paytda Saudiya Arabistonidagi “An-Nasr” klubi akademiyasida mashg‘ulotlarni davom ettira olmayotgani bilan bog‘liq.
Ta’kidlanishicha, yosh futbolchiga “Real Madrid”da shug‘ullanish imkoniyati otasining shaxsiy iltimosidan so‘ng berilgan.
Live
Barchasi