Ronaldu Ramosning ustidan kuldi
Sport
−
18 avgust 2023 22846 1 daqiqa
Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu sobiq jamoadoshi Serxio Ramosning Instagram'dagi obunachilari haqida hazil qildi.
“Real”ning sobiq himoyachisi o‘z sahifasini hozirda 60 million foydalanuvchi kuzatib borayotgani haqida post qoldirdi.
“Men 2014 yilda boshlagan edim va hozir bu imkonsizdek tuyulgan bo‘lsa ham, 60 millionga yetdik”, deydi ispaniyalik futbolchi.
Instagram'da 600 milliondan ortiq obunachisi bor Ronaldu esa Ramosning postini e’tiborsiz qoldirmadi.
“Menga yetib olish uchun senga yana bitta nol kerak”, deb yozdi “Al-Nasr” forvardi.
Ma’lumot uchun, Instagram'da eng ko‘p obunachiga ega futbolchi bu aynan Krishtianu Ronaldu hisoblanadi. Bu borada 2-pog‘onani argentinalik futbolchi Lionel Messi egallab turibdi. Uni Instagram'da 483 milliondan ortiq obunachi kuzatib boradi.
Live
Barchasi