Ronaldu, Neymar va Benzema. Ular O‘zbekistonga kelishi mumkin
Sport
−
06 dekabr 2023 9040 2 daqiqa
Futbol bo‘yicha Osiyo Chempionlar ligasining(OCHL) guruh bosqich o‘yinlari yakuniga yetdi. O‘zbekistonning ikki klubi “Nasaf" va “Navbahor” turnirda guruhdan chiqishni uddaladi.
Yulduzli tarkibga ega bo‘lgan bir qator Saudiya klublari “Al-Nasr”, “Al-Hilol” va “Al-Ittihod” jamoalari ham pley-off bosqichiga chiqishni uddaladi. E’tiborlisi, O‘zbekiston jamoalari nimchorak finalida aynan yuqorida nomlari keltirilgan jamoalar bilan to‘qnash kelishi mumkin.
Musobaqada nimchorak finalga yo‘l olgan g‘arbiy mintaqa jamoalari savatchalarga ajratildi.
1-savatcha:
“Al-Hilol” (Saudiya Arabistoni);
“An-Nasr” (Saudiya Arabistoni);
“Al-Ittihod” (Saudiya Arabistoni);
“Al-Ayn” (BAA).
2-savatcha:
“Nasaf” (O‘zbekiston);
“Navbahor” (O‘zbekiston);
“Sepaxon” (Eron);
“Al-Fayha” (Saudiya Arabistoni).
1-savatchadan guruhlarda eng yaxshi natija qayd etgan va 1-o‘rinni egallagan klublar o‘rin olgan bo‘lsa, 2-savatchaga eng yomon natija qayd etgan guruh peshqadami va 2-o‘rin bilan guruhdan chiqqan eng yaxshi 3 ta jamoa joy egalladi. Qarshining “Nasaf” klubi guruhda 1-o‘rinni olgan jamoalar ichida eng kam ochko to‘plaganligi sababli, 2-savatchaga kiritildi.
Shunday qilib, Ronaldu, Neymar va Benzema to‘p tepadigan jamoalarning pley-off bosqichida “Nasaf” bilan to‘qnash kelish ehtimoli yuqori.
Bir guruhdan joy olgan jamoalar nimchorak finalida to‘qnash kelmaydi. Shuning uchun, “Navbahor” 1-savatchadagi “Al-Hilol” bilan to‘qnash kelmaydi va bu holatda Ronaldu to‘p suradigan “Al-Nasr”ning Namanganga kelish ehtimoli mavjud.
Ta’kidlash joiz, 1/8 finalda Saudiyaning 3 ta klubidan kamida 1 tasi O‘zbekiston jamoalari bilan o‘ynaydi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025