Ronaldu minglik dovonni zabt etdi

Sport

image

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu klub miqiyosida faoliyatidagi 1000-uchrashuvini o‘tkazdi. Bu haqda “Goal” xabar berdi.

Osiyo Chempionlar ligasi 1/8 finalida “Al-Feyha”ga qarshi o‘yin Ronaldu uchun uzoq yillik karerasidagi 1000-o‘yin bo‘ldi. Bu davrda u 746 ta gol urdi.

2002 yilning iyul oyida Ronalduning dribling qobiliyatidan qoyil qolgan “Sporting” bosh murabbiyi Laslo Boloni Ronalduni asosiy jamoaning mavsumoldi mashg‘ulotlarida ishtirok etishga taklif qilgan. O‘sha yili avgust oyida, “Inter”ga qarshi o‘yinda, Krishtianu Yevropa Chempionlar ligasi saralashida klubdagi ilk rasmiy o‘yinda debyut qilgan.

Ma’lumot uchun, “Al-Feyha”ga qarshi o‘yinda Ronaldu 81-daqiqada gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. “Al-Nasr”ning “Al-Feyha”ga qarshi javob o‘yini 21 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Al-Nasr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing