Ronaldu Messining Instagram’dagi postiga izoh yozdi
Sport
−
09:33 1173 1 daqiqa
Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu Lionel Messining Argentina terma jamoasi bilan yaratgan tarixi abadiy yashashini bildirdi. Bu haqda u Messining milliy jamoa bilan xayrlashuv uchrashuvidan so‘ng qoldirgan posti ostidagi izohida yozdi.
Kecha, 7 oktyabr kuni Argentina o‘rtoqlik uchrashuvida Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etgandi. Ushbu bahs Lionel Messining milliy jamoa bilan xayrlashuv o‘yini bo‘ldi. Hujumchi mazkur uchrashuvda 1 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
“Leo, sen o‘z mamlakating va abadiy tarix uchun shuncha yillar davomida kurashding. Argentina terma jamoasi bilan erishgan yutuqlaring uchun senga cheksiz hurmatimni bildiraman. Quchib qolaman”, deb yozdi Ronaldu.
Ma’lumot uchun, 39 yoshli Messi 2023 yildan buyon MLS vakili “Inter Mayami”da to‘p tepmoqda. U faoliyati davomida “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” klublarida ham o‘ynagan. Messi Argentina bilan 2022 yilgi Jahon chempionatida g‘olib chiqqan. Shuningdek, u 2021 va 2024 yillarda Amerika Kubogida, 2008 yilgi Olimpiadada chempion bo‘lgan. Messi Argentina terma jamoasi safida 208 ta uchrashuv o‘tkazib, 126 ta gol urgan. U milliy jamoa tarixida ham o‘yinlar, ham gollar bo‘yicha rekordchi hisoblanadi.
Live
Barchasi