Ronaldu Mbappening “Real”ga o‘tganiga munosabat bildirdi

Sport

image

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Kilian Mbappe PSJdan “Real”ga o‘tganidan so‘ng fransiyalik hujumchiga murojaat qildi.

“Santyago Bernabeu”ni larzaga keltirayotganingni ko‘rishdan xursand bo‘laman... Olg‘a Madrid!” deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqda.

2024 yil 3 iyun kuni “Real Madrid” Kilian Mbappe bilan shartnoma imzolaganini e’lon qildi. Tez orada futbolchining tanishtiruv marosimi ham bo‘lib o‘tadi. 

Futbolchining “Real” bilan shartnomasi 2029 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda fransiyalik hujumchi PSJ safida 48 ta o‘yin o‘tkazib, 44 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” internet portali fransiyalik forvardning bozor qiymatini 180 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing