Ronaldu “Manchester United”da qoladimi?

Sport

image

"Manchester United" hujumchisi Krishtianu Ronaldu kelasi mavsumda ham jamoada qolmoqchi. Bu haqda "The Sun" nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, 37 yoshli portugaliyalik jamoadoshlariga o‘z ixtiyori bilan “Manchester Yunayted”ni tark etishni rejalashtirmaganligini aytgan. Ronaldu bu mavsumdagi “Manchester United”ning natijalardan juda xafa bo‘lgan. Shuning uchun Ronaldu “qizil iblislar”ni Yevropa Chempionlar ligasiga qaytarishni, qolaversa? u YeCHL g‘olibligini qo‘lga kiritish niyatida.

Ronaldu Angliya klubiga 2021 yilning yozida “Yuventus”dan o‘tgan edi. Hujumchi jamoa safida 38 ta o‘yinda 24 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi.

Ronaldu va "Manchester United" o‘rtasidagi kelishuv 2023 yilning 30 iyunida yakuniga yetadi. “Transfermarkt” portali 37 yoshli futbolchining bozor narxini 35 million yevroga baholagan.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

28

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing