Ronaldu mamlakat terma jamoasidan qachon ketishini aytdi

Sport

image

Turinning "Yuventus" klubi hamda Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoada qancha o‘ynashi haqida gapirdi. 

"Men hali terma jamoaning takliflarini qabul qilishga tayyorman, va jamoadagi faoliyatimni davom ettirish uchun motivatsiya bor. Doim terma jamoaga yordam berishga shayman.

Qachonki terma jamoaga chaqirilmasam, o‘shanda terma jamoadan ketaman. Men hali Qatardagi jahon chempionati haqida o‘ylamadim, ammo mundialda ishtirok etishimni istisno etmayman. Portugaliya - mening vatanim, faoliyatimni yakunlaganimdan so‘ng bu yerga qaytishni xohlayman", deydi Ronaldu.

Ronaldu faoliyati davomida "Yuventus"dan tashqari "Sporting", "Manchester Yunayted" va "Real" klublarida o‘ynagan.
Bir necha karra "Oltin to‘p" sohibi Portugaliya terma jamoasida 2003 yildan beri o‘ynab kelmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

75

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing