Ronaldu xalqaro turnir g‘olibligi uchun kurashadi

Sport

image

Joriy yilning 20 iyulidan 5 avgustga qadar Ar-Riyodda Qirol Salmon kubogi (arab chempionlari kubogi) bahslari bo‘lib o‘tadi. Musobaqada Saudiya Arabistoni poytaxtining “Al-Nasr” klubi ham ishtirok etadi. Bu haqda futbol mutaxassisi Alisher Nikimbayev o‘z Telegram sahifasida xabar berdi.

Guruh bosqichida 16 ta jamoa qatnashadi. Turnirning 10 ta ishtirokchi klubi ma’lum.

“Raja”, “Al-Ittihod”, “Al-Nasr”, “Beluzidad”, “Zamalek”,“Al-Shorta”, “Vidad”, “Al-Sadd”, “Al-Hilol” va “Esperans” jamoalari musobaqa g‘olibligi uchun kurash olib boradi. Qolgan olti ishtirokchi jamoa esa pley-off bosqichi natijalariga ko‘ra aniqlanadi.

Agar, turnirda “Al-Nasr” g‘olib chiqsa, bu Ronalduning Saudiya klubidagi birinchi xalqaro sovrini bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu “Al-Nasr”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing