Ronaldu karantin qoidalarini buzganlikda gumon qilinmoqda
Sport
−
28 yanvar 2021 5235 1 daqiqa
Turinning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu va uning rafiqasi Jorjina Rodrigez karantin choralarini buzgan. Bu haqda “Corriere dello Sport” gazetasi xabar bermoqda. Ma’lumot ANSA agentligi tomonidan ham tasdiqlangan.
Xabarlarga ko‘ra, er-xotin bu hafta Piyemont va Valle d’Aosta chegarasini kesib o‘tgan. Ikkala mintaqa to‘q sariq zonada, koronavirus bilan kasallanish xavfi o‘rtacha va yuqori hudud hisoblanadi.
Ronaldu va Jorjina tug‘ilgan kunni nishonlash uchun Kurmayor tog‘ chang‘i kurortiga borgan. Aytishlaricha, ular rasmiy ravishda yopilgan mehmonxonada yashagan. Ularning fotosuratlari ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘ldi, bu esa tekshiruv boshlanishiga sabab bo‘lgan.
Italiyada to‘q sariq zonaga kiritilgan hududlar chegaralarini faqat alohida holatlarda kesib o‘tish mumkin.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr