Ronaldu qachon terma jamoadan ketadi?

Sport

image

Portugaliya terma jamoasi va Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hamon o‘zini terma jamoa uchun muhim futbolchi hisoblamoqda. Bu haqda Krishtianu “A Bola” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Murabbiyning so‘zlaridan anglayapmanki, men jamoa uchun hamon kerakli futbolchiman. Agar jamoaga kerak bo‘lmay qolganimni his qilsam, termadan ketaman. Men kimligimni va nima qila olishimni yaxshi bilaman”, deydi Ronaldu.

Ma’lumot uchun, 39 yoshli forvard 2023 yilning yanvarida “Manchester Yunayted” bilan shartnomasini bekor qilgandan so‘ng “Al-Nasr”ga o‘tgan edi. Faoliyati davomida Krishtianu “Sporting”, “Manchester Yunayted”, “Real” va “Yuventus”da o‘ynagan. Uning hisobida Yevropa Chempionlar ligasida beshta bosh sovrini bor.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Portugaliya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made