Ronaldu ikkimizga Manchester torlik qiladi – Fyuri

Sport

image

Professinal boksning super og‘ir vazn toifasida WVC yo‘nalishi chempioni Tayson Fyuri Manchester shahridagi “Old Trafford” stadionida ringga ko‘tarilish eng katta orzusi ekanini tan oldi. 

“Menda ikkita jang qoldi va mutlaq Jahon chempionligi uchun Manchesterda mushtlashmoqchiman. Hayotim davomida “Old Trafford”da jang qilishni orzu qilardim”, deydi Fyuri.

Shuningdek, “lo‘lilar qiroli” Krishtianu Ronalduning “qizil iblislar” safiga qaytishi haqida fikr bildirdi:

“Ronaldu “Orzular teatri”ga qaytganidan juda xursandman, lekin bu shahar ikkimiz uchun torlik qiladi! Agar Manchesterda yashaganimda, bu muammo bo‘lardi. Men yashaydigan Morkxemda tirbandlik va benzin uchun navbat yo‘q (hozirda Buyuk Britaniyadagi ko‘plab yoqilg‘i quyish shoxobchalari benzinsiz qolgan). Morkxemda kuchli shamol va yomg‘irdan boshqa narsa mavjud emas. Ammo biz yaxshi insonlarmiz”.

Ma’lumot uchun, joriy yilning 9 oktyabr kuni Tayson Fyuri WVC chempionlik kamari himoyasi uchun Deontey Uaylderga qarshi bahs olib boradi. Bundan avval ular o‘zaro ikki marta ringga ko‘tarilgan. Ustunlik Fyuri tomonida (1 g‘alaba, 1 durang). Jang g‘olibi katta ehtimol bilan mutlaq Jahon chempionligi uchun Aleksandr Usikka qarshi jang qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Manchester Tayson F'yuri Old trafford

Baholaganlar

144

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing