Ronaldu gol urgan bahsda “Al Nasr” “Al Hilol”ga imkoniyatni boy berdi
Sport
−
13 yanvar 1036 1 daqiqa
Kecha, 12 yanvar kuni Saudiya Pro-ligasining 15-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda “Al Hilol” va “Al Nasr” jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Unda mezbonlar 3:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning 42-daqiqasida “Al Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu hisobni ochdi va shu tariqa professional faoliyatidagi 959-goliga mualliflik qildi. Ikkinchi bo‘limning 57-daqiqasida Salem Al-Davsari penaltidan unumli foydalanib, muvozanatni tikladi. 81-daqiqada Muhammad Kanno “Al Hilol”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Ruben Nevesh gol urib, jamoasining 3:1 hisobidagi g‘alabasini rasmiylashtirdi.
Ushbu natijadan so‘ng “Al Hilol” turnir jadvalidagi yetakchiligini mustahkamladi. “Al Nasr” esa peshqadamdan 7 ochko ortda qolgan holda ikkinchi o‘rinda bormoqda.
Live
Barchasi