Ronaldu Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi (foto)
Sport
−
21 iyun 2023
18625Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazish bo‘yicha Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.
U kecha, 20 iyun kuni Yevro-2024 saralashi, "J" guruhining 3-tur bahslarida Portugaliya safida Islandiyaga qarshi maydonga tushdi va 90-daqiqada jamoasi uchun g‘alaba golini kiritdi.
Ronaldu bu bilan terma jamoa safida eng ko‘p, 200 ta o‘yin o‘tkazgan birinchi futbolchiga aylandi. 38 yoshli futbolchi bunga qadar 200 ta o‘yinning atigi 15 tasida zaxiradan maydonga tushgan, 60 tasida esa almashtirilgan.
Krishtianu 19 yil va 10 oy davom etgan jamoadagi ishtirokida 200 ta o‘yinda maydonga tushib, 123 ta gol va 43 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Saudiya arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surayotgan futbolchi terma jamoasi bilan Islandiya ustidan g‘alabaga erishgach, stadionda Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgani haqida rasman e’lon qilindi.
“Boshqalar mening borligim va yetakchiligimni yoqtirar ekan, men hech qachon terma jamoadan voz kechmayman. Bu uzoq va mazmunli safar bo‘ldi, lekin umid qilamanki, bu tez orada tugamaydi”, deydi Ronaldu.
LiveBarchasi