Ronaldu futbolkasini xayriya uchun auksionga qo‘ydi

Sport

image

“Manchester Yunayted” hujumchisi Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi futbolkasini xayriya auksioniga qo‘ydi. Portugaliyalik futbolchi Kanar arxipelagining bir qismi bo‘lgan Ispaniyaning Palma oroli aholisiga yordam bermoqchi.

Gap shundaki, joriy yilning 19 sentyabr kuni orolda vulqon faollashgan. 88 kun ichida 1600 dan ortiq bino, 74 km uzunlikdagi yo‘l vayron bo‘lgan, 7 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilingan. Hozirda vulqon otilishi to‘xtagan.

“Hatto vulqonning kuchi ham Palmaga tenglasha olmaydi. Men go‘zal orolni qo‘llab-quvvatlayman”, deya yozib qo‘ygan Ronaldu auksionga qo‘yilgan futbolkasiga.

Futbolchining ma’lum qilishicha, undan tushgan mablag‘ to‘g‘ridan-to‘g‘ri favqulodda holat qurbonlarining oilalariga yordam berish uchun sarflanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ronaldu Portugaliya La Pal'ma oroli Kanar arxipelagi

Baholaganlar

547

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing