Ronaldu “Forsaj” filmida rol o‘ynashi mumkin

Sport

image

Amerikalik aktyor va prodyuser Vin Dizel besh karra “Oltin to‘p” sohibi, portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga “Forsaj” film franshizasida rol yozilganini ma’lum  qildi. Bu haqda Dizel Instagram sahifasida xabar berdi.

Dizel 2024 yil fevral oyida ijtimoiy tarmoqlarda franshizaning 2027 yil aprel oyida premerasi rejalashtirilgan 11-qismi oxirgi bo‘lishini ishora qilgan edi. U kecha, 12 dekabr kuni  portugaliyalik futbolchi bilan tushgan suratini Instagram sahifasida joylashtirdi va shunday yozdi:

“Hamma undan “Forsaj” filmida rol o‘ynashini so‘ragan edi. Aytishim kerakki, u ajoyib. Biz unga maxsus rol yozib berdik”, deya izoh yozgan Dizel Instagram postida.

Ma’lumot uchun, Ronaldu besh karra “Oltin to‘p” sohibi, besh karra Chempionlar Ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni va rasmiy o‘yinda jahon futbolining eng ko‘p gol urgan futbolchisi hisoblanadi. U 2023 yil yanvaridan beri  Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” jamoasida to‘p surmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronaldu aralash yakkakurashlar bo‘yicha WOW FC (The Way of Warriors FC) kompaniyasining hammuallifiga aylanib, MMA olamiga qo‘shilgan edi. Endi portugaliyalik futbol yulduzi kino olamida ham ko‘rinish berishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Vin Dizel' “Forsaj”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing