Ronaldu faoliyatini yakunlashi mumkin
Sport
−
06 yanvar
10348“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu Saudiya klubidagi kelajagi borasida bir qarorga kelishga shoshilmayapti. Bu haqda “TEAMtalk” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchi kelajagi uchun uchta variantni ko‘rib chiqmoqda. Birinchi fikr “Al-Nasr” bilan shartnomani uzaytirish va rahbariyatdan tarkibni jiddiy kuchaytirishni so‘rash hisoblanadi. Ronaldu Portugaliyaga qaytish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Krishtianuning uchinchi varianti – professional futbolchilik faoliyatini yakunlash.
Ronaldu “Al-Nasr”da 2023 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. Keyingi oy 40 yoshga to‘ladigan futbolchining Riyod klubi bilan shartnomasi 2025 yil oxiriga qadar mo‘ljallangan. Ayni damda futbolchining transfer qiymati 12 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, hujumchi joriy mavsum “Al-Nasr” safida 19 ta bahsda maydonga tushib, 16 ta gol urdi va 3 ta golga hammualliflik qildi. Futbolchi Saudiya klubi safida bir nechta individual sovrinlarga ega chiqqan bo‘lsa ham, hali jamoaviy kuboklarni yutgani yo‘q.
LiveBarchasi