Ronaldu faoliyatidagi 1200-o‘yinda Xolandga yaqinlashdi

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu joriy mavsumdagi 49-golini urib, bu borada “Manchester Siti” a’zosi Erling Xolandga yaqinlashib oldi. Bu haqda “Footballdatabase” xabar berdi.

“Al-Nasr” hujumchisi “Ar-Riyod”ga qarshi o‘yinda Saudiya Arabistoni chempionati 16-tur uchrashuvining 31-daqiqasida vinger Sadio Manening uzatmasidan unumli foydalanib, hisobni ochdi.

Ronaldu joriy mavsumdagi gollari soni bo‘yicha Xarri Keyn (“Bavariya”, Angliya terma jamoasi) va Kilian Mbappe (PSJ, Fransiya terma jamoasi) bilan tenglashib turibdi. Bu borada 50 ta gol bilan Erling Xoland (“Manchester Siti”, Norvegiya terma jamoasi) peshqadamlik qilmoqda.

Shuningdek, “Ar-Riyod”ga qarshi bahs Ronalduning faoliyatidagi 1200-o‘yin bo‘ldi. Bu orqali Ronaldu mazkur natijaga erishgan beshinchi futbolchiga aylandi. Bungacha Piter Shilton (1375), Pol Bestok (1286), Rojerio Seni (1237) va Fabio Lopes (1212) 1200 tadan ortiq o‘yin o‘tkazgan. 

E’tiborlisi, yuqorida nomlari keltirilganlarning barchasi darvozabon bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu Xarri Keyn Erling Xoland

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing