Ronaldu dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘ladi
Sport
−
14:29 745 2 daqiqa
“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2026-2027 yilgi mavsumda dunyoning eng ko‘p daromad topuvchi futbolchisi bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “Forbes” jurnali xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, portugaliyalik futbolchining umumiy daromadini 300 million dollarga baholamoqda. Bu uning eng yaqin ta’qibchisi Lionel Messi daromadidan ikki baravardan ko‘proq hisoblanadi.
Nashr hisob-kitoblarida futbolchilarning klublardan oladigan maoshi va boshqa to‘lovlari, shuningdek, futboldan tashqari faoliyatidan tushadigan daromadlari ham inobatga olingan. Ronaldu “Al-Nasr”dan 250 million dollar, boshqa manbalardan esa yana 50 million dollar olishi kutilmoqda.
Reytingda ikkinchi o‘rinni “Inter Mayami” hujumchisi Lionel Messi 145 million dollar bilan egallagan. “Real Madrid” futbolchisi Kilian Mbappe esa 100 million dollarlik daromad bilan uchinchi pog‘onadan joy olgan.
“Forbes” talqiniga ko‘ra, 2026-2027 yilgi mavsumda eng ko‘p daromad topuvchi 10 futbolchi:
- Krishtianu Ronaldu (“Al-Nasr”) — 300 million dollar (klubdan – 250 million, boshqa manbalardan – 50 million).
- Lionel Messi (“Inter Mayami”) – 145 million dollar (70 million + 75 million).
- Kilian Mbappe (“Real Madrid”) – 100 million dollar (70 million + 30 million).
- Erling Holand (“Manchester Siti”) – 85 million dollar (60 million + 25 million).
- Vinisius Junior (“Real Madrid”) – 76 million dollar (48 million + 28 million).
- Lamin Yamal (“Barselona”) – 55 million dollar (35 million + 20 million).
- Sadio Mane (“Al-Nasr”) – 54 million dollar (50 million + 4 million).
- Jud Bellingem (“Real Madrid”) – 45 million dollar (29 million + 16 million).
- Harri Keyn (“Bavariya”) – 42 million dollar (29 million + 13 million).
- Muhammad Saloh (“Trabzonspor”) – 40 million dollar (20 million + 20 million).
Ma’lumot uchun, 41 yoshli Ronaldu besh karra Chempionlar ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni va ikki karra Millatlar ligasi g‘olibidir. Futbolchi 2022 yil dekabr oyidan buyon Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubida to‘p surmoqda. U faoliyati davomida jami 979 ta gol urgan. Shundan 146 tasi Portugaliya terma jamoasi, 833 tasi esa klublar safida kiritilgan.
Live
Barchasi