Ronaldu bilan hamkorlik qiladigan agent Husanov transferi ustida ishlaydi
Sport
−
21 dekabr 2024 15196 1 daqiqa
Portugaliyalik mashhur futbol agenti Jorje Mendesh O‘zbekiston terma jamoasi va Fransiyaning "Lans" klubi himoyachisi Abduqodir Husanovning Angliya klublaridan biriga o‘tishi masalasida ish olib boradi. Bu haqda “Get french football news” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Mendesh Angliyaning “Manchester Siti” va “Tottenxem” jamoalari takliflari bilan qiziqib, Husanovni aynan ingliz klublariga sotish majburiyatini olgan. “Lans” sport direktori Diyego Lopes agentga bu borada topshiriq bergan.
Qayd etilishicha, “Lans” Husanov transferidan kamida 25-30 million yevro ishlab olmoqchi.
Ma’lumot uchun, 58 yoshli Mendesh Krishtianu Ronaldu, Radamel Falkao, Anxel di Mariya, Diyego Kosta, Xames Rodriges, Andre Gomesh, murabbiylardan Joze Mourino va Luiz Felipe Skolarining agenti hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq 20 yoshli Husanovga “Manchester Siti”, PSJ va “Atletiko” kabi klublar qiziqish bildirayotgani xabar qilingandi.
Live
Barchasi