Ronaldu “Al-Nasr”ning ulushdoriga aylandi
Sport
−
16:32
1234Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu hozirda o‘zi to‘p tepayotgan Saudiya Arabistonining “Al-Nasr” klubining 5 foizlik ulushiga ega bo‘ladi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Riyod klubining Ronaldu bilan tuzadigan yangi shartnomasida futbolchi klubning 5 foiz ulushiga egalik qiladi. Yangi shartnoma bo‘yicha 39 yoshli fenomen yiliga 200 million yevro maosh oladi.
Qayd etilishicha, Ronaldu maydondagi o‘yinlari uchun 164 million funt sterling, maydon tashqarisidagi tijoratlaridan 49 million funt ishlab topadi. Uning klub bilan yangi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot uchun, Ronalduning “Al-Nasr” bilan joriy shartnomasi 2025 yil yozida nihoyasiga yetadi. U “Al-Nasr” safida 2023 yilning yanvar oyidan buyon to‘p tepib kelmoqda. Shu vaqtga qadar hujumchi Saudiya klubi tarkibida 90 ta o‘yin o‘tkazib, 81 ta gol urdi. Joriy mavsumda u 20 ta uchrashuvda 17 ta gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar