Ronaldu “Al-Nasr”dan “Barselona” futbolchisi transferini so‘ramoqda
Sport
−
22 Oktabr 2025 5940 1 daqiqa
“Al-Nasr” klubi sardori Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni jamoasidan “Barselona” hujumchisi Robert Levandovskiyni yozda erkin agent sifatida jamoaga qo‘shishni so‘ragan. Polshalik futbolchi mavsum yakunida kataloniyaliklar safini tark etishi kutilmoqda. Bu haqda “Sports mole” nashri xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, “Al-Nasr” Levandovskiyni ideal nomzod sifatida ko‘rmoqda. 37 yoshli forvard Saudiya Arabistoniga ko‘chib o‘tgan taqdirda, katta miqdordagi maosh va Krishtianu Ronaldu bilan bir jamoada o‘ynash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Ispaniya nashrlarining yozishicha, Levandovskiy Saudiya klubiga o‘tish imkoniyatini jiddiy ko‘rib chiqmoqda. Krishtianu Ronaldu esa “Al-Nasr” rahbariyatini ushbu transferni amalga oshirishga undagan.
“Barselona” jamoasi hali Levandovskiyning kelajagi borasida yakuniy qaror chiqarmagan, biroq bu mavsum tajribali hujumchining Kataloniyadagi so‘nggi mavsumi bo‘lishi mumkin.
“Barselona” murabbiylar shtabi polshalik hujumchining jarohatga moyilligi sabab xavotirda va allaqachon “Atletiko Madrid” va Angliya Premer-ligasining bir nechta klublaridagi vaziyatni diqqat bilan kuzatishni boshlagan.
Ma’lumot uchun, 37 yoshli Levandovskiy Kataloniya klubi safida jami 156 o‘yinda maydonga tushdi va 105 ta gol, 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Joriy mavsumda esa u 9 ta o‘yinda 4 ta gol muallifi bo‘ldi.
Live
Barchasi