Ronaldu 50 yoshgacha o‘ynashi mumkin – Jorjina
Sport
−
18:16 397 1 daqiqa
Krishtianu Ronalduning bo‘lajak rafiqasi Jorjina Rodriges 41 yoshli portugaliyalik hujumchining faoliyatini davom ettirish istagi haqida fikr bildirib, Ronaldu 50 yoshgacha o‘ynashi mumkinligini aytdi. Bu haqda Jorjina o‘zi haqida suvratga olinayotgan hujjatli filmda so‘z ochdi.
“Men unga tez-tez: Krishtianu, senda hamma narsa bor, endi hayotdan biroz zavqlanaylik, deyman. U esa: Sen hamma narsani yaxshi ko‘rasan, ammo futbol mening eng katta ishtiyoqim bo‘lib qolmoqda”, deb javob qaytaradi. Biz tanishgan ilk kundanoq Krishtianuda futbolga bo‘lgan ishtiyoq hali ham saqlanib qolgani meni hayratga soladi. U har safar maydonga chiqqanida bor kuchini ishga soladi”, deydi Rodriges.
Uning so‘zlariga ko‘ra, muxlislar Ronalduning faoliyati qachon yakunlanishi haqida ko‘p so‘rashadi.
“U hatto 50 yoshigacha ham futbol o‘ynashi mumkin”, deydi Jorjina.
Ma’lumot uchun, Ronaldu joriy yilning may oyida “Al-Nasr” safida Saudiya Arabistoni chempionligini qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng u Portugaliya terma jamoasi bilan o‘z faoliyatidagi oltinchi Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Hujumchi mundialda hozirga qadar ikki marta gol urdi va professional faoliyatidagi umumiy gollari sonini 975 taga yetkazdi.
Xabarlarga ko‘ra, juftlik 2026 yilgi Jahon chempionati finalidan so‘ng Madeyradagi Funshal soborida nikoh to‘yini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Live
Barchasi