Ronaldu 39 yoshida yana bir tarixiy natija qayd etdi
Sport
−
10 yanvar
10272Portugaliya terma jamoasi va “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu 24 yil ketma-ket gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ronaldu ilk bor 2002 yilning oktyabr oyida “Sporting” tarkibida raqib darvozasini ishg‘ol qilgan. O‘shandan beri u har kalendar yilida to‘p kiritdi.
Kecha, 9 yanvar kuni Saudiya Arabistoni chempionati doirasida “Al-Nasr” o‘z maydonida “Al Ohdud”ni qabul qildi va 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Uchrashuvda Krishtianu penaltidan gol urib, o‘z ismini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Ma’lumot o‘rnida, portugaliyalik futbolchi 2023 yilda Saudiya klubiga o‘tdi va uning amaldagi shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi. U joriy mavsum “Al-Nasr” safida barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta assist qaydi etdi. Ronaldu butun futbolchilik faoliyati davomida umumiy 917 ta gol urdi va u minglik dovondan o‘tishni maqsad qilgan.
Fevarl oyida 40 yoshni qarshilaydigan futbolchining narxi “Transfermarkt” portalida 12 million yevroga baholangan.
LiveBarchasi