Ronaldu hibsga olinishi mumkin (video)
Sport
−
11 avgust 2023
33803Saudiyaning “Al-Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘yin vaqtida nasroniylarga xos ishora qilgani uchun hibsga olinishi mumkin. Bu haqda “Italy 24 Press News” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Ronalduning harakati Saudiya Arabistoni qonunlarida taqiqlangan. 38 yoshli portugaliyalik futbolchi Arab chempionlar kubogi doirasida Iroqning “Ash-Shorta” klubiga qarshi o‘yinda (1:0) gol urdi. Ronaldu o‘z uslubida golni nishonlashdan oldin nasroniy imo-ishoralarni ko‘rsatdi, bu esa Saudiya Arabistoni qonunlariga zid.
Saudiya Arabistonidagi har qanday nasroniy imo-ishorani ko‘rsatish jinoyat hisoblanadi, chunki nasroniy imo-ishora ko‘rsatayotgan shaxsga boshqa odamlarni o‘z e’tiqodiga targ‘ib qilishga intilgan, deb qaraladi.
Bunday harakatni amalga oshirgan kishi hibsga olinishi mumkin. Bir vaqtlar hatto “Al-Nasr” futbolchisi Xuan Pablo Pino Iso Masih tasviri tushirilgan tatuirovka uchun hibsga olingan.
LiveBarchasi