Ronaldu hibsga olinishi mumkin

Sport

image

Saudiya Arabistoni o‘ziga xos xulq-atvor qoidalari va qonunlariga ega bo‘lgan islomiy davlatdir. “Al-Nasr”ning yuqori maosh oluvchi hujumchisi Krishtianu Ronaldu esa davlat qonunlarini hali yaxshi bilmaydiganga o‘xshaydi.

Mamlakat chempionati doirasida “Al-Nasr” va “Al-Hilol” (0:2) jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning tanaffus vaqtida mehmon jamoa muxlislari hujumchini g‘azablantirishga qaror qildi. Muxlislar Ronalduga qarab Messi, deb baqirdi. Ronaldu esa muxlislarga odobsiz ishora ko‘rsatdi.

Ma’lum bo‘lishicha, hozirda ijtimoiy tarmoqlarda saudiyalik muxlislar nafaqat portugaliyalik futbolchi bilan shartnomani bekor qilishga, balki uni mamlakatdan deportatsiya qilishga ham chaqirmoqda. 

Advokat Nouf bin Ahmad mamlakat prokuraturasiga Krishtianuni hibsga olish va mamlakatdan deportatsiya qilish bo‘yicha so‘rov yubormoqchiligini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ronaldu uchun istisno tariqasida Saudiyaning ayrim qonunlariga ko‘z yumilishi ma’lum bo‘lgandi. Krishtianu Ronaldu va uning sevgilisi Jorjina Rodriges Saudiya Arabistonida turmush qurmagan juftliklarning bir uyda yashashini taqiqlovchi qonundan ozod qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing