Ronaldu hech kimga kerak emas – Pol Merson

Sport

image

Angliyaning “Arsenal” klubi sobiq hujumchisi Pol Merson “Manchester Yunayted” Krishtianu Ronalduni sotishi kerakligini aytdi. Bu haqda “Daily Mail” nashri xabar berdi.

“Manchester Yunayted” tezroq Krishtianu Ronaldudan qutulishi kerak. U klubga nima istayotganini aytdi, nega uni ushlab turasiz? Axir u 37 yoshda bo‘lsa. Muxlislar buni qanday qabul qilishlarini bilmayman, chunki Ronaldu ketmoqchi ekanligini juda aniq aytdi. U hech kimga kerak emas, u mavhumlikda turibdi.

Menimcha, uning ketishi “Yunayted”ga foydali bo‘ladi. Ammo asosiysi buni qanday amalga oshirishda. Ronaldu bilan xayrlashishsa, muxlislar aqldan ozishadi. Lekin Manchester klubi rahbarlari Ronalduni yomon ko‘rsata olsalar, o‘ylaymanki, kerakli natijaga erishadilar. Rostini aytsam, u MYUga foyda keltiryapti deb o‘ylamayman. Odamlar Ronaldu o‘tgan mavsumda 24 ta gol urganini aytishadi, lekin klub umuman sovrinlar uchun kurashishga tayyordek ko‘rinmadi”, degan “Arsenal”ning sobiq hujumchisi.

Eslatib o‘tamiz, Ronaldu 2021 yildan buyon “Manchester Yunayted” sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan. O‘tgan mavsumda Ronaldu “qizil iblislar” safida barcha musobaqalarda 38 ta o‘yin o‘tkazib, 24 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 35 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Krishtianu Ronaldu “Transfermarkt” Pol Merson

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing