Ronaldo Yevro-2024 g‘olibini taxmin qildi

Sport

image

Braziliya terma jamoasi va “Real”ning sobiq hujumchisi Ronaldo 2024 yilgi Yevropa chempionatida qaysi terma jamoa g‘olib bo‘lishini aytib o‘tdi.

“Menimcha, Ispaniya”, deydi Ronaldo “Mail Sport Football” YouTube kanaliga bergan intervyusida.

Yevro-2024 final qismi shu yilning 14 iyunidan 14 iyuliga qadar Germaniyada bo‘lib o‘tadi. Turnir o‘yinlariga 10 ta shahardagi 10 ta stadion mezbonlik qiladi. Yevropa chempionatining amaldagi g‘olibi - Londondagi “Uembli” stadionida Yevro-2020 finalida Angliya terma jamoasini mag‘lub etgan Italiya termasi. O‘shanda italiyaliklar final taqdirini penaltilar seriyasida hal qilgandi.

Ma’lumot uchun, Ronaldo ikki karra jahon va Amerika chempioni hisoblanadi. U “Real” bilan ikki karra Ispaniya chempionatida g‘olib bo‘lgan va faoliyati davomida 3 marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritgan. Futbolchi 2011 yilda faoliyatini yakunlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Real Braziliya Ispaniya Ronaldo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing