Ronaldo va’dasining ustidan chiqdi
Sport
−
09 iyun 2022
8658Ispaniyaning "Valyadolid" klubiga egalik qiluvchi Ronaldo Luis Nazario jamoasining La Ligaga chiqqanini nishonlash uchun 200 km masofani velosipedda bosib o‘tdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi
Manbaga ko‘ra, “Valyadolid”ning 51 foiz aksiyalariga egalik qiluvchi sobiq hujumchi elektr velosipedda Santyago de Kompostela shahrini sayohat qildi. U 200 kilometrni to‘rt bosqichda, kuniga 50 kmdan bosib o‘tgan va shu tariqa bergan va’dasini bajargan.
“Valyadolid” prezidenti bergan va’dasini bajardi. Ronaldo agar klubi La Ligaga chiqishni uddalasa, 200 km yo‘lni velosipedda bosib o‘tishini aytgan edi. Ronaldoning o‘zi bu ishini izohlar ekan, “Valyadolid”ning g‘alabasi shunday qilishga arzishini ta’kidlagan.
“Kuchli og‘riqlarga qaramay, men oxirigacha harakat qildim. “Valyadolid”ning g‘alabasi bunga arziydi. Shu kunlarda minglab narsalarni o‘yladim. “Valyadolid” va men bu yil qattiq mehnat qildik va La Ligaga qaytishga muvaffaq bo‘ldik” degan afsonaviy futbolchi.
Ma’lumot o‘rnida, Ronaldo 2002 yili Braziliya terma jamosi bilan Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan. U faoliyati davomida, “Real Madrid”, “Barselona”, “Inter” va “Milan” kabi klublarda to‘p tepgan. Ko‘pchilik uchun u dunyo tarixidagi eng kuchli futbolchi hisoblanadi.
LiveBarchasi