Ronaldo Braziliya futbol federatsiyasi prezidentligiga nomzodini qo‘yadi

Sport

image

Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ronaldo mamlakat futbol federatsiyasi yangi prezidenti lavozimiga nomzod bo‘ldi. Bu haqda “Globo” xabar berdi.

“Menda yuzlab sabablar bor, lekin eng muhimi jahon darajasida Braziliya futboliga hurmatni tiklash. Ko‘pincha odamlar meni ko‘chada to‘xtatib, faoliyatimni davom ettirishimni so‘rashadi, chunki terma jamoadagi vaziyat hozir ham maydonda, maydon tashqarisida ham yaxshisi emas”, deydi Ronaldo.

SBF yangi prezidenti uchun saylovlar 2026 yilning martidan kechiktirmay o‘tkazilishi kerak.

Ma’lumot uchun, Ronaldo Nazario hozir 48 yoshda va Ispaniyaning “Valyadolid” klubi prezidenti hisoblanadi. U futbolchilik faoliyati davomida “Kruzeyro”,  PSV, “Barselona”, “Internatsionale”, “Real Madrid”, “Milan” va “Korintians” kabi jamoalarda to‘p tepgan.


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Ronaldo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing