Ronaldino Messining yonini oldi
Sport
−
06 may 2023 10363 1 daqiqa
“Barselona”ning sobiq yarim himoyachisi Ronaldino PSJ hujumchisi Lionel Messiga Parij klubi muxlislarining e’tiroz bildirayotganini aytib o‘tdi.
“Men Leo Messiga qarshi hushtakbozlik va haqoratni hech qachon tushunmayman. Agar siz dunyoning eng zo‘r o‘yinchisini maqtamasangiz, kimni maqtaysiz?”, deydi Ronaldino.
Messi Liga 1 doirasida PSJ “Loryan”ga mag‘lub bo‘lgach (1:3) bosh murabbiy Kristof Galte va futbol maslahatchisi Luish Kampushning ruxsatisiz Parij klubi joylashgan joyni tark etgandi. Natijada rahbariyat Messini ikki haftaga jamoadan chetlatdi.
Kecha argentinalik hujumchi sheriklari va jamoa mutasaddilaridan uzr so‘radi.
Live
BarchasiTibbiy xizmatlar hajmi 3 karra oshdi
28 avgust
Maktablarda qamrov 78 foizga oshirildi
28 avgust