“Rok-n-roll qirolichasi” Tina Tyorner vafot etdi
Madaniyat-san’at
−
25 may 2023 9381 1 daqiqa
Afsonaviy amerikalik qo‘shiqchi Tina Tyorner kecha, 24 may kuni Shveysariyadagi uyida uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.
So‘nggi yillarda u sog‘lig‘i bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan. Yulduzning o‘limiga ichak saratoni sabab bo‘lgan. Unga 2016 yilda saraton kasalligi tashxisi qo‘yilgan. Uch yil oldin ijrochi insultni boshidan kechirgan.
“Musiqasi va hayotga bo‘lgan cheksiz ishtiyoqi bilan u butun dunyo bo‘ylab millionlab muxlislarni to‘pladi va kelajakdagi yulduzlarni ilhomlantirdi. Bugun biz buyuk sovg‘ani – o‘z musiqasini meros qilib qoldirgan aziz do‘stimiz bilan xayrlashamiz”, deyiladi xabarda.
Tinaning yulduzli karerasi 1960 yillarda boshlangan va u o‘zining birinchi Grammy mukofotini 1972 yilda Creedence Clearwater Revival guruhining Proud Mary qo‘shig‘ining asl muqovasi uchun birinchi sahna sherigi va turmush o‘rtog‘i Ike ((Ike & Tina Turner) bilan duetda olgan. O‘z karerasida Tina jami 12 ta Grammy mukofotiga sazovor bo‘lgan. Uning Rio-de-Janeyrodagi konserti 180 mingga yaqin tomoshabinni to‘pladi va Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.
“Rok-n-roll qirolichasi” deya nom olgan aktrisaning karerasi 60 yildan ortiq davom etgan bo‘lib, u o‘nlab xitlar, millionlab sotilgan albomlar va mashhur musiqa tarixiga ega.
Live
Barchasi