Rogozin yana bir turdagi qurol Uchinchi jahon urushiga sabab bo‘lishini aytdi

Olam

image

Kelajakda qaysidir davlat apparat yordamida sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollardan foydalanishi uchinchi jahon urushining boshlanishi bo‘ladi. Bu haqda “Roskosmos” bosh direktori Dmitriy Rogozin aytib o‘tdi

“Birovning kosmik kemasini yo‘q qilish uchinchi jahon urushi ekanligini yodda tutish kerak. Ya’ni, bu shak-shubhasiz “casus belli” (urush e’lon qilishning rasmiy sababi)”, deydi Rogozin.

U sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarni sinovdan o‘tkazishga moratoriy qo‘yishga chaqirayotgan AQSH vakillariga ishonmaslikka chaqirgan. “Roskosmos” bosh direktorining so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar allaqachon zarur sinovlarni o‘tkazgan va ularni yakunlagan, endi esa o‘zini “tinchlik kabutari qilib ko‘rsatmoqda”.

Shuningdek, u insoniyat tez orada koinotda ommaviy qirg‘in qurollari haqiqatga aylanadigan dunyoda yashashidan qo‘rqishini bildirdi. Qo‘shma Shtatlarda bunday ishlanmalar allaqachon mavjud - xususan, ularning X-37B maxfiy mini-shattli ham razvedka mashinalari, ham qurollar o‘rnida ishlatilishi mumkin.

“Xitoy hamda Rossiyaning koinotga qurol-yarog‘ uchirilishini taqiqlovchi shartnoma bo‘yicha qo‘shma taklifi bor, biroq Qo‘shma Shtatlar bu takliflarga javob berish o‘rniga bema’ni bayonotlar bermoqda”, deydi Rogozin.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 aprel kuni Amerika Qo‘shma Shtatlar sun’iy yo‘ldoshga qarshi qurollarni sinovdan o‘tkazishga moratoriy kiritgandi. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

1228

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing