Rogozin operatsiya qilinishi kerak. U Moskvaga yuborilyapti

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, “Roskosmos” korporatsiyasining sobiq rahbari Dmitriy Olegovich Rogozin Donetskdagi mehmonxonada umurtqasidan yaralanib, Rostov Dondagi harbiy klinik shifoxonaga olib ketilgan edi. Rogozinning hozirgi holatidan kelib chiqib, shifokorlar uni murakkab jarohhlik amaliyoti uchun Moskavaga yuborish kerakligini aytmoqda.

“Dmitriy Olegovichning umurtqasiga kirgan minani Donetsk va Rostov Don shifokorlari murakkab deb hisoblashmoqda. Shu bilan birga ular jarrohlik amaliyotini amalga oshirishga jur’at etmadi. Rogozin Moskvaga olib borilgandan so‘ng, zaruriy tibbiy yordam to‘g‘risida shifokorlar kengashi bir qarorga keladi”, deydi Rogozinning yordamchisi.

Ma’lumot uchun, Ukraina xavfsizlik kuchlari joriy yilning 21 dekabr kuni kechqurun Donetskning Lenin tumaniga zarba bergan edi. Shuningdek, ular Dmitriy Rogozin boshchiligidagi bir guruh harbiy maslahatchilar yashaydigan mehmonxonani o‘qqa tutgan.

Ozoda Choriyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

190

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing