Rodrigo uchun kurashga yana bir ingliz grandi qo‘shildi
Sport
−
11 avgust 6119 1 daqiqa
So‘nggi paytlar “Real Madrid”ning rejalariga kirolmay qolgani aytilayotgan Rodrigo “Manchester Siti” e’tiboriga tushdi. Avlodlar almashinuvini boshdan kechirayotgan “shaharliklar” biroz huvullab qolgan qanotini braziliyalik hujumchi bilan to‘ldirmoqchi. Bu haqda Fabritsio Romano X sahifasida xabar berdi.
Qayd etilishicha, “Manchester Siti” bosh murabbiyi Pep Gvardiola yaqinda jamoani tark etgan Grilish va ketishi aniq bo‘lib qolgan Savino hamda Makatilar o‘rniga Xabi Alonsoning kelgusi rejalariga kirolmayotgan “qirollik klubi” a’zosi Rodrigoni olib kelishni rejalashtirgan. “Real” ham bu transferdan manfaatdor, ya’ni “Siti” braziliyalik vinger uchun taxminan 100 mln yevro to‘laydigan bo‘lsa, futbolchi qo‘yib yuboriladi.
Ma’lumot uchun, Rodrigo o‘tgan mavsum “Real” safida hozirda unga terma jamoada murabbiylik qilayotgan Karlo Anchelotti qo‘l ostida 54 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 11 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
Eslatib o‘tamiz, bundan oldin Rodrigoga yana bir ingliz top klubi – “Tottenhem” ham qiziqish bildirib turgan edi.
Nodir Shukurov