Rodrigo Duterte pora talab qilgan mansabdorlarni otishga ruxsat berdi

Olam

image

Kecha, 12 sentyabr kuni Filippin Prezidenti Rodrigo Duterte, fuqarolardan pora talab qilgan mansabdorlarni o‘q otar qurol bilan otib, ularga jarohat yetkazishga (o‘ldirishga emas) ruxsat berdi, deya xabar berdi “Manila Bulletin”.

Prezident jinoiy javobgarlikka tortilmaslik uchun korrupsionerlarning oyog‘iga otishni taklif qildi.
“Agar soliqlarni, yig‘imlarni, bojxona va boshqa to‘lovlarni to‘layotgan bo‘lsangiz. Bu ahmoqlar sizdan pora talab qilsa, ularni uring. Mabodo yoningizda qurol bo‘lsa, siz ularni otishingiz mumkin. Ammo ularni o‘ldirib quymang. Aks holda siz surishtiruvlar natijasiga ko‘ra, afv etilmasligingiz mumkin”, deydi Rodrigo Duterte. “Korrupsiya mamlakatning keng tarqalgan muammosiga aylangan. Bu deyarli har bir hukumat a’zosining ichiga joylishib olgan qurt” deydi Filippin rahbari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qonunni buzayotgan mansabdorga o‘q uzib, tan jarohati yetkazgan fuqaroga qamoq jazosi qo‘llanilmaydi.

Shuningdek, Duterte fuqarolarni o‘z huquqlarini himoya qilishga, mansabdor shaxslar ishtirokidagi korrupsiya yoki huquqbuzarlik holati haqida xabar berishga chaqirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Duterte qonunni

Baholaganlar

66

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar