Rodri jamoadoshining burnini sindirib qo‘ydi
Sport
−
11:55 416 1 daqiqa
Kecha, 6 sentyabr kuni “Barselona” himoyachisi Erik Garsiya Ispaniya chempionatining “Valensiya”ga qarshi o‘yinida (5:0) yana burnini sindirib oldi. Bu haqda “Sport.es” nashri xabar berdi.
Hodisa uchrashuvning 25-daqiqasida jarima maydoni ichidagi to‘qnashuv vaqtida yuz berdi. “Barselona”ning yangi yarim himoyachisi Rodri tasodifan boshi bilan 25 yoshli Garsiyaning yuziga zarba berdi. O‘sha paytda himoyachi jamoadoshining ortida turgan edi.
Zarba natijasida Garsiyaning burnidan qon ketdi va u uchrashuvni davom ettira olmadi. Jamoa murabbiylar shtabi uning o‘rniga Jyul Kundening tushirdi. Shifokorlar futbolchining burni singanini tasdiqladi. Hozirda klub mutaxassislari Garsiyaga jarrohlik amaliyoti zarur yoki zarur emasligini baholamoqda.
Bu Garsiyaning bunday jarohat bilan ilk bor to‘qnash kelishi emas. 2025 yil noyabr oyida u Chempionlar ligasida “Bryugge”ga qarshi uchrashuvda ham burnini sindirgan. O‘shanda jarrohlik amaliyoti talab etilmagan.
Ma’lumot uchun, Garsiya 2026-2027 yilgi mavsumda “Barselona” safida 3 ta uchrashuvda maydonga tushdi.