Robaxon Mahmudova Farg‘ona viloyati saylovchilari bilan uchrashdi

Biznes

image

Bugun “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga ko‘rsatilgan nomzod Robaxon Mahmudova Farg‘ona viloyati, Qo‘shtepa tumanida bo‘lib, farg‘onalik saylovchilar bilan uchrashdi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga nomzod Robaxon Mahmudovaning bosh ishonchli vakili Inomjon Qudratov saylovchilarga prezidentlikka nomzodning tarjimai holi va faoliyati to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.

Shundan so‘ng, Robaxon Mahmudova saylovchilar bilan yuzlashar ekan, saylovoldi dasturidan vatan taraqqiyoti yo‘lida huquqiy davlat qurish, ijtimoiy adolatni va milliy iqtisodiyotimizning barqaror o‘sishini ta’minlash, ilm-fan, innovatsiyalar va ta’lim sohasini barqaror rivojlantirish, aholi salomatligini muhofaza qilish kabi ulug‘vor maqsadlar o‘rin olganligini ta’kidlab o‘tdi.

Qayd etilganidek, nomzod dasturida Advokatura faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada kengroq joriy etish, ayniqsa, advokatura, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda boshqa davlat organlari o‘rtasida elektron ma’lumot almashinuvini yanada yaxshilash choralarini ko‘rish, shu bilan birgalikda notariuslar tomonidan yo‘l qo‘yilgan kam ahamiyatli xatolar uchun ularning faoliyatini to‘xtatib turish amaliyotiga barham berish, birinchi marotaba yoki qo‘pol bo‘lmagan xatolar uchun notariuslarga jarima qo‘llash amaliyotini yo‘lga qo‘yish taklifi ilgari surmoqda.

Nomzodning saylovoldi dasturida shuningdek, “Aqlli tibbiyot” tizimini shakllantirish, jamiyatda o‘qituvchilar maqomini oshirish, subsidiyalar berish tizimini yanada takomillashtirish va maqsadli ishlatilishi ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, bojxona va soliq imtiyozlarini takomillashtirish, imtiyozlarni aniq sohalarga berish, hududlar o‘rtasidagi iqtisodiy bir xil o‘sishni ta’minlash, barcha tuman va shaharlarni bir maromda rivojlantirishga qaratilgan g‘oyalar ilgari surilayotganligi aytib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida Robaxon Mahmudova saylovchilarning savollariga batafsil javob berdi.

O‘zbekiston Respublikasi prezidentligiga "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan nomzod Robaxon Mahmudovaning saylovchilar bilan uchrashuvlari davom etadi.

“Adolat” sotsial-demokratik partiyasining rasmiy sahifalarini kuzatib boring:

Batafsil ma’lumot uchun saytimizga tashrif buyuring www.adolat.uz 

Instagram’da yangiliklardan boxabar bo‘ling

Telegram kanalimizga a’zo bo‘ling

Facebook’da do‘stlaringiz bilan bo‘lishing

YouTube'da bizni kuzatib boring


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing