Rizayev: Kontraktning bir qismini davlat to‘lab berishi kerak

Intervyu

Sir emaski, o‘zbekistonlik ko‘plab iqtidorli yoshlar mamlakatdagi ta’lim tizimidan norozi bo‘lib yoki boshqa sabablar bilan mamlakatni tark etyapti. Achinarlisi, xorijda o‘qib, o‘sha yerda ishlab qolib ketayotgan yoshlar haddan tashqari ko‘p. Nega O‘zbekistondan ketgan yoshlar qaytmayapti, ularning shu yerda ishlashiga sharoit yo‘qmi?

Samarqand davlat tibbiyot instituti rektori Jasur Rizayev bilan intervyu davomida nafaqat o‘qituvchilar, balki, talabalar ham chet elga o‘qishga, malaka oshirishga ketib qolayotganligi, pandemiya davrida qabul jarayonidagi muammolar hamda kamchiliklar borasida savol bilan yuzlanib, fikrlarini tingladik.

Ushbu intervyuni to‘liq shaklda yuqoridagi videopleyerda yoki YouTube'dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.

Ch.Sh.: — Bu yilgi qabul jarayonida bir qancha muammolar bo‘ldi. Siz rahbarlik qilayotgan institutda bu qanday kechdi? Kontrakt masalasini ham aytib o‘tsangiz...

J.R.: — Bilasizmi, test tuzayotgan domlalarimiz o‘zining qarichi bilan o‘lchaydi. Umuman olganda, bugungi imtihondagi sinovlar, o‘tgan davrga nisbatan bir necha barobar haqqoniy desak to‘g‘ri bo‘ladi. Ammo talabalar ertaga bitirgandan keyin boshqa joyda ishlamaydi. Vatanimiz uchun ishlaydi. Shu nuqtai nazardan kontraktning ma’lum bir yukini davlat o‘z bo‘yniga olishi kerak.

Ushbu intervyuni to‘liq shaklda yuqoridagi videopleyerda yoki YouTube'dagi sahifamizda tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

301

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing